O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Teach for Uzbekistan o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi
2024-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Teach for Uzbekistan o’rtasida umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi. Memorandumning asosiy yo‘nalishlari qatorida iqtidorli bitiruvchilar va mutaxassislarni pedagogik faoliyatga jalb qilish, ta’limdagi o‘zgarishlarga tashabbus ko‘rsatuvchi jamiyatni shakllantirish, maktab ta’limi tizimida innovatsion metodlarni joriy etish va maktab tizimini yaxshilash uchun samarali yechimlarni ishlab chiqish kabi maqsadlar belgilangan. Ushbu chora-tadbirlar ta’lim sifatini oshirish va yuqori malakali pedagoglarni tayyorlash uchun sharoit yaratishga qaratilgan.
Memorandum doirasida vazirlik tomonidan ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlarni taqdim etish, hamkorlikdagi loyihalarni ilgari surishda ko‘maklashish va stipendiatlarning maktab tizimiga moslashuvida amaliy yordam berishi nazarda tutilgan. Teach for Uzbekistan va maktabgacha va maktab ta’limi vazrilgi hududiy bo‘limlari hamda maktablar o‘rtasida uch tomonlama shartnomalarni tuzish orqali stipendiatlarni ularning malakasiga mos lavozimlarga ishga joylashtirishni qo‘llab-quvvatlash belgilangan. Vazirlik stipendiatlarning mehnat sharoitlariga rioya etilishini nazorat qiladi va ularning professional rivojlanishiga yordam beradi, bu esa mamlakat ta’lim tizimida uzoq muddatli o‘zgarishlar uchun mustahkam asos yaratadi.
Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlik
Teach for Uzbekistan Yoshlar ishlari agentligi bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Agentlik Yozgi institutni tashkil etishda katta yordam ko‘rsatdi Agentlik dasturga iqtidorli yosh mutaxassislarni jalb qilishni qo‘llab-quvvatlaydi hamda dastur stipendiatlari tomonidan ishlab chiqilgan turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda yordam beradi. Bu hamkorlik mamlakatda teng imkoniyatlarni yaratish va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lib, O‘zbekistonda ta’lim tizimini yaxshilash va ijtimoiy innovatsion rivojlanishga hissa qo‘shadi.
Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti va Teach for Uzbekistan o‘rtasidagi memorandum
2024-yil 24-may kuni Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti va Teach for Uzbekistan o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu hamkorlik tadbirlar tashkil etish, ta’lim dasturlarini ilgari surish va pedagoglar tayyorlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu hamkorlik doirasida universitet treninglar, forumlar va boshqa tashabbuslar uchun resurslar taqdim etadi. Shuningdek, universitet dastur ishtirokchilarini sertifikatlash dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Tomonlar ta’lim tizimini tahlil qilish va takomillashtirish uchun ma’lumot va materiallar almashadi. Memorandum uzoq muddatli hamkorlikni va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Talents Academy va Teach for Uzbekistan o‘rtasidagi memorandum
2024-yil 12-iyun kuni Talents Academy va Teach for Uzbekistan o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu memorandum ta’lim, professional rivojlanish va ilmiy faoliyat sohalarida hamkorlikni nazarda tutadi. Tomonlar pedagoglarning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, bilim va tajriba almashish, ta’lim va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda konferensiyalar, treninglar va forumlar tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar. Talents Academy tadbirlar uchun resurslar taqdim etadi, tomonlar ilmiy materiallar almashadi va yosh liderlarni jalb qiladi. Memorandum uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Teach for Uzbekistan o‘rtasidagi memorandum
2024-yil 29-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va **Teach for Uzbekistan** o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv universitet talabalari va bitiruvchilarini tashkilot faoliyatiga jalb qilish, shuningdek, ta’lim sohasida tajriba almashishga yo‘naltirilgan. Memorandumning asosiy maqsadi – yoshlar uchun kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini yaratish va ta’lim tashabbuslarini birgalikda amalga oshirishdir.
Ishonch Kredit Savdo va Teach for Uzbekistan o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi
2024-yil 5-iyul kuni Ishonch Kredit Savdo va Teach for Uzbekistan o‘rtasida ta’lim loyihasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan shartnoma imzolandi. Ushbu hamkorlik loyihaning axborot yordami, ishtirokchilarga mukofot va sovg‘alar taqdim etish, shuningdek, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Ushbu hamkorlik barqaror kelajakni yaratishga intilish aksidir.
Yandex kompaniyasining "Saxovatli noyabr" aksiyasi doirasidagi xayriya shartnomasi
2024-yil noyabr oyida Yandex kompaniyasi va Teach for Uzbekistan o‘rtasida xayriya shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma doirasida kompaniya dastur rivoji uchun beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Mablag‘larning maqsadli sarflanishi qat’iy nazorat qilinadi va ulardan foydalanish yuzasidan hisobot taqdim etiladi. Ushbu kelishuv ta’limni rivojlantirish va ijtimoiy mas’uliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.