tfa_map



Teach For Uzbekistan — bu xalqaro Teach For All harakatining ajralmas qismi bo‘lib, dunyo bo‘ylab mamlakatlarni birlashtirgan holda ta’lim sohasidagi va jamiyatdagi dolzarb muammolarni hal etishga ko‘maklashishni maqsad qilgan. Bizning faoliyatimiz 65 davlatning muvaffaqiyatli tajribasiga tayangan holda, yurtimiz maktab ta’limi tizimini takomillashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish va hududlarning innovatsion taraqqiyotiga hissa qo‘shishga qaratilgan. Ushbu yondashuvlar O‘zbekistonning kelajagi uchun uzoq muddatli va barqaror o‘zgarishlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Teach For All — bu ta ʼ lim sohasidagi tengsizlik muammolarini bartaraf etish maqsadida kuchlarni birlashtiruvchi mustaqil tashkilotlarning global tarmog‘idir. Ushbu tarmoq 2007-yilda AQShdagi “Teach For America” va Buyuk Britaniyadagi “Teach First” nomli ta ʼ limga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan. Bugungi kunda, u 65 dan ortiq mamlakatni o‘z ichiga qamrab olgan keng ko‘lamli harakat hisoblanadi.