Umida Yo‘ldosheva

02“Teach for Uzbekistan” tashkilotining ta’sischisi va direktori, ijtimoiy adolat  va ta’lim sohasi fidokor trafadori.

Umida Yo‘ldosheva Toshkent moliya institutini tamomlagan, John Smith dasturi stipendiyasi sovrindori, AQSH Davlat Departamentining IVLP  dasturi ishtirokchisi, eng nufuzli professional almashinuv dasturi ishtirokchisi. va sotsiologiya fanlari bo‘yicha ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishida PhD ilmiy darajasiga ega.

U turli sohalarda boy tajriba orttirgan: Norvegiyadagi Kristian Mixelsen nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritgan, o‘qituvchilik bo‘yicha tajribaga ega bo‘lib, Jahon banki loyihalarida ekologik va ijtimoiy jihatlarni boshqarish (ESM) hamda nodavlat notijorat tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan.

Bugungi kunda Umida Yo‘ldosheva “Teach for Uzbekistan” tashkilotiga rahbarlik qilib, o‘z mamlakatining kelajagiga befarq bo‘lmagan, ta’lim va jamiyat rivojiga hissa qo‘shuvchi yoshlar jamoasini shakllantirishga intilmoqda. Uning maqsadi – O‘zbekistonning taraqqiyoti va farovonligiga ta’sir ko‘rsatuvchi yosh avlod yetakchilarini tarbiyalashdir.

 

Pavel Fedoseev

f-pTeach For Uzbekistan dasturida ta’lim va qo’llab-quvvatlash bo’limi rahbari. Uning asosiy vazifasi — o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish, ularni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonning ijtimoiy himoyaga muhtoj hududlaridagi maktablarda samarali ishlashga tayyorlashdir.

Pavel KU Leuven (Belgiya) universitetida kimyo fanlari doktori (PhD) darajasini va Lester universiteti (Buyuk Britaniya) tomonidan berilgan xalqaro PGCE sertifikati sohibi. U Rossiya, Kanada va O‘zbekiston kabi qator mamlakatlarda ta’lim berish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasiga ega.

Pavelning faoliyati insonparvarlikka asoslangan ta’lim yo‘nalishida bo‘lib, u o‘qituvchilarga mustaqillik, tanqidiy fikrlash qobiliyatini va moslashuvchanlikni rivojlantirishda yordam beradi. Uning dasturlari zamonaviy ta’lim amaliyotini joriy etish uchun zarur bo‘lgan pedagogik mahoratlarni oshirishga qaratilgan.

Kasbiy faoliyatidan tashqari, Pavel ta’lim jamiyatlarida iliq va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratishga intiladi. Uning fikricha, o‘qituvchilarni rivojlantirish faqat bilim va ko‘nikmalargagina emas, balki ilhomlantirish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va o‘z kuchlariga ishonch tuyg‘usi shakllanishiga ham bog‘liq.