Ikki yil davomida dasturda ishtirok etgan qatnashchilar uchun keng ko‘lamli karera imkoniyatlari ochiladi. Ular ta’lim tizimida o‘qituvchilik yoki boshqaruv sohasida faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin. Shuningdek, dastur davomida orttirilgan bilim va ko‘nikmalar asosida bitiruvchilar ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashishlari yoki o‘z startaplarini yaratishlari mumkin.

Teach for Uzbekistan dasturi kelajakdagi yetakchilarni tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, ular ta’lim, ijtimoiy tadbirkorlik va jamiyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa tashabbuslar orqali mamlakat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadilar.

Teach For Uzbekistan dasturida ishtirok etish – bu shaxsiy rivojlanish va jamiyatni yaxshilashga qo‘shiladigan muhim hissa hisoblanadi. Dastur ishtirokchilari murakkab ijtimoiy sharoitlarda yashayotgan bolalarga yordam berish bilan birga, ikki yil davomida kelajakdagi karera va hayot yo‘llarida foydali bo‘ladigan noyob tajriba, bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.

Maktablarda ikki yil davomida ishlash jarayonida ishtirokchilar bir nechta kishidan iborat guruhlarga bo‘linib, muntazam ravishda professional va psixologik qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ladilar. Ushbu qo‘llab-quvvatlash haftalik onlayn seminarlar, so‘rov asosidagi coach-sessiyalar, ishtirokchilar, jamoalar va jalb qilingan ekspertlar bilan oylik uchrashuvlarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi yil davomida ular o‘zlari yoki hamkorlikda ta’lim yoki ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Boshqa mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, dastur bitiruvchilari ta’lim sohasida turli xil rollarda faoliyat yuritadilar: ular o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, ta’lim loyihalarining mualliflari, maktab direktorlari, ta’lim boshqaruvchilari va islohotchilarga aylanishadi. Dastur bitiruvchilari zamonaviy mehnat bozorida talab qilinadigan eng muhim ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘lib, mamlakat ichida va xalqaro miqyosda eng nufuzli ish beruvchilar tomonidan yuqori baholanadi.

Dastur ishtirokchilari bolalarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan xalqaro mutaxassislar jamiyatining bir qismiga aylanadi. Teach For Uzbekistan dasturi kelajakdagi yetakchilarni shakllantirib, ularni ta’lim, ijtimoiy tadbirkorlik va jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar orqali mamlakat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shishga tayyorlaydi.