Teach For Uzbekistan loyihasining 2024—2026-yillardagi ishtirokchilari:
Tolibayev Kamal Turg‘anbay uli
“Bu loyihaga qatnashishimdan maqsad, o'zim qatori chekka maktablarda ta'lim olayotgan o'quvchilarning kelajakka bo'lgan maqsadlarini shakllantirishda va amalga oshirishda ko'mak berish.”
Dasturda ishtirok etishdan oldin Qoraqalpog'iston Respublikasi, Shumanay tumanidagi 30-sonli maktabda Biologiya o'qituvchisi bo'lib ishlagan.
- Biologiya fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida
Begaliyev Temurbek Azamat o‘g‘li
“O`qituvchi kasbi menga juda yoqadi. Bolaligimdan o`z ustozimdan ko`p narsalarni o`rganganligim, shu bilan birgalikda ushbu bilimlar hayotimni ham o`zgarishiga sabab bo`lganligi uchun bu kasbga o`zgacha mehr qo`yganman. O`z oldimga men ham ustozimga o`xshab Vatanimiz kelajagi bo`lmish yoshlarga ta`lim berish va o`zim singari ularning ham hayotini o`zgarishiga o`z hissamni qo`shish maqsadini qo`yganman.”
Dasturda ishtirok etishdan oldin UZLITI Engineeringda 3-toifali muhandis bo'lib ishlagan.
- Kimyo fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida
Abduraximova Moxirabonu Mansurjon qizi
“Men shaxsiy rivojlanish va yangi bilimlar o'rganish, o'zimni va o'zgalarni o'zgartira olishimga ishonganim uchun loyihada qatnashishga qaror qilganman”
Dasturda ishtirok etishdan oldin Andijon viloyatidagi 9-ixtisoslashgan maktabda ingliz tili o'qituvchisi bo'lib ishlagan.
- Ingliz tili fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida
Oripov Abdullajon Abdusalom o‘g‘li
“Yangi bilimlar olish.Yuqori natijalar bilan oʻquvchilarning bilim darajasini koʻtarish.”
Dasturda ishtirok etishdan oldin o'quv markazida o'qituvchi bo'lib ishlagan.
- Matematika fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida
Murodillayev Sardorbek Bahodir o‘g'li
“Vatanimiz yoshlari dunyodagi istalgan davlat yoshlaridan bilimda, dunyoqarashda, mahorat va vatanparvarlikda kam bo'lmasliklarini istayman.”
Dasturda ishtirok etishdan oldin Turonbank ATB Qarshi filialida mutaxassis bo‘lib ishlagan
- Iqtisod fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida
Nafasov Zokir Olimjon o‘g‘li
“Ushbu loyiha o'zining oldiga qo'ygan asosiy maqsadlariga men ham xayrixohligim uchun qatnashishga qaror qilganman.”
Dasturda ishtirok etishdan oldin “Grand edu” o'quv markazida matematika fani o'qituvchisi bo'lib ishlagan.
- Matematika fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida
Turaeva Nafisa Shoimardanovna
“Men bu loyihada Olis hududlarda yashovchi bolalarning kelajagini yaxshilashga oz bo'lsada o'z hissamni qo'shish uchun ishtirok etishga qaror qildim.”
Dasturda ishtirok etishdan oldin O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litseyida ingliz tili o'qituvchisi bo'lib ishlagan.
- Ingliz tili o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida
Maxramov Zuxriddin Alisher o'g'li
“Dasturda ishtirok etishdan maqsadim — o'quvchilarga o'z yo'llarini topishlariga yordamchi bo'lmoqchiman.”
Dasturda ishtirok etishdan oldin Navoiy shahridagi “Royal” o'quv markazida ingliz tili o'qituvchisi bo'lib ishlagan.
- Biologiya fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Ko'kdala tumanida
Idrisov Boburjon Ilhom o'g'li
“Loyihaning qadriyatlari bilan oʻzimning qadriyatlarimga mutanosib kelganligi uchun qatnashishga qaror qilganman.”
Dasturda ishtirok etishdan oldin Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 33-maktabida biologiya fani oʻqituvchisi bo'lib ishlagan.
- Biologiya fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Ko'kdala tumanida
Husanov Hakimjon Yunusjon o‘g‘li
“Menga bu loyiha yoqqan. Uning oldiga qo'ygan maqsadlarini amalga oshirish uchun yordamim tegishi kerak, deb o'ylaganman.”
Dasturda ishtirok etishdan oldin o'quv markazida sotuv bo'limining rahbari bo'lib ishlagan
- Matematika fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Ko'kdala tumanida
Soliyev Sanjarbek Nodirjon o‘g‘li
“Universitetda bir ustozim aytgandi: «O'qituvchilikning noni qattiq lekin ta'mi shirin». Men shu ta'mni his qilmoqchi edim
Dasturda ishtirok etishdan oldin Toshkent shahridagi 326-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida matematika fani o'qituvchisi bo'lib ishlagan.
- Matematika fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Ko'kdala tumanida
Nazarov Bekzod Gʻulom o‘g‘li
“Qiyinchiliklarni yengib o'tib, yanada kuchli boʻlish uchun loyihada qatnashganman”
Dasturda ishtirok etishdan oldin Buxoro Prezident maktabida kimyo fani oʻqituvchisi bo'lib ishlagan.
- Kimyo fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Ko'kdala tumanida
Ibragimov Ramozon Soatmurod o‘g‘li
“Ishtirokimning sababi: bolalarga o'rganishlarida yordamlashish yoqadi”
Dasturda ishtirok etishdan oldin o'quv markazida o'qituvchi bo'lib ishlagan.
- Informatika fani o'qituvchisi
Hozirgi kundagi faoliyati: Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida