Teach For Uzbekistan — bu O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, jumladan, qishloq va shahar hududlaridagi ijtimoiy holati murakkab bo'lgan maktablar uchun yosh yetakchilar va mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan notijorat tashkilotdir. Ushbu tashkilot ta'lim faoliyatini olib borish va ta'lim sohasidagi tizimli va strategik rivojlanishni amalga oshirishga yo'naltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun tuzilgan nodavlat notijorat tashkilotdir.

Teng imkoniyatlar g‘oyasidan ilhomlanib, biz har bir bolaga o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan hamjamiyatni yaratishni maqsad qilganmiz. Ta’limni biz yorqin kelajakka eltuvchi kalit va jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb bilamiz. Bizning maqsadimiz nafaqat o‘qitish, balki ilhomlantirish va yangi avlod yetakchilarini shakllantirishdan iboratdir.

"Teach for Uzbekistan" dasturi hududiy maktablarda o‘qituvchilik faoliyatini amalga oshirish uchun eng yaxshi mahalliy va xalqaro universitet bitiruvchilari hamda turli sohalardan yetakchi mutaxassislarni jalb qiladi. Dastur doirasida ishtirokchilarga zamonaviy intensiv pedagogik tayyorgarlik, shuningdek, ikki yil davomida maktablarda ishlash jarayonida metodik va moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi.