“Teach for Uzbekistan” besh bosqichli saralash usulidan foydalanadi. Bu usul doirasida biz nomzodlarning nafaqat akademik bilimlari va kasbiy ko‘nikmalarini, balki insoniy fazilatlarini ham baholaymiz. Biz ta’lim  va ijtimoiy tizimini  yaxshilash uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga tayyor, kuchli motivatsiyaga ega va qadriyatlarimizni hurmat qiladigan insonlarni qidiramiz.

Saralash bosqichlari:

– dastur veb-saytidagi soʻrovnomani to‘ldirish;

– jamoa a’zolari bilan onlayn suhbat;

– Assesment CENTER;

– metodist bilan suhbat;

– yozgi institut.