Chunki sen yetakchisan
Biz haqimizda

Dastur
Biz turli sohalardagi yosh mutaxassislarni jalb qilamiz, o‘qitamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz – ular ikki yil cheklangan resurslarga ega maktablarda dars bergani jo‘natiladi. Qat’iy tanlov asosida saralab olingan qatnashchilar pedagogika va yetakchilik bo‘yicha zamonaviy intensiv tayyorgarlikdan o‘tadilar. Ular yetakchi o‘laroq kamol topadilar va o‘zgarishlar vakillari hamjamiyatining bir qismiga aylanib, dasturdan keyin jamoaviy yetakchilikni hamda ijtimoiy o‘zgarishlarni rivojlantirishni davom ettiradilar.

Missiya
Biz shunday yetakchilarni birlashtiramizki, ular: o‘zgarishlarni kutib o‘tirmaydilar, balki o‘z qo‘llari bilan yaratadilar; o‘z kelajaklarini quradilar; yetakchilarning yangi avlodini ruhlantirish, tarbiyalashga tayyorlar; ta’limda va boshqa sohalarda real o‘zgarishlarni joriy etishni istaydilar.

Qadriyatlar
Qat’iylikka ishonamiz – birgalikda qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz va boshlangan ishni oxiriga yetkazamiz. Yangilikni sinab va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, kundan-kunga rivojlanamiz. Munosabatlarni har bir insonning hurmati, qadri va haqiqiy yaqinlik asosida quramiz. Mas’uliyatni zimmamizga olamiz va ochiq hamda yaqin bo‘lib qolamiz. Insonlar o‘zini erkin tutadigan va jamoa bilan kamol topadigan do‘stona, o‘zaro qo‘llab-quvvatlov muhitini yaratamiz.
Umumiy Aloqa
6 ta kontinentda 63 ta hamkor mamlakat
Bizning hamkorlarimiz
Tajriba va natijalarimiz
13 ta
maktab, mamlakat bo‘ylab
O‘zgarishlar geografiyasi
43
nafar dastur qatnashchisi
Kelajakka hissa qo‘shayotgan yetakchilar
6000
nafar o‘quvchi, 2 yilda
Bizni yanada ruhlantiruvchi avlod
20%
akademik o‘zlashtirishning o‘sishi
Hozirdayoq sezilayotgan o‘zgarishlar
Vasiylar kengashi
Biz haqimizda qisqacha

1-bosqich
Saralash jarayoni
Biz besh bosqichli saralash o‘tkazamiz va nafaqat bilim hamda ko‘nikmalarni, balki shaxsiy sifatlarni ham baholaymiz. Biz mas’uliyatni zimmasiga olib, ta’limda ijobiy o‘zgarishlar yarata oladigan, motivatsiyalangan yetakchilarni izlaymiz.

2-bosqich
“Fellow”
Saralashdan keyin Teach For Uzbekistan qatnashchilari chekka tumanlardagi maktablarga yuboriladi. Ikki yil davomida ular ta’lim beradilar, darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tadilar va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirib, mahalliy hamjamiyat rivojiga xizmat qiladilar.

3-bosqich
O‘qish va kamolot
Teach For Uzbekistan’da biz qatnashchilarni o‘qitib va qo‘llab-quvvatlab, ularning o‘z o‘quvchilarini ruhlantirishga, o‘z hamjamiyatlarida ijobiy o‘zgarishlarni yaratishga qodir samarali pedagoglar va yetakchilar bo‘lishlarida yordam beramiz.

4-bosqich
Kelgusi istiqbol
Ikki yillik dasturdan keyin qatnashchilar yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: ta’lim sohasida ishni davom ettiradilar, ijtimoiy loyihalarni yaratadilar yoki biznes boshlaydilar. Biz jamiyatni yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi yetakchilarni shakllantiramiz.












