Teach For Uzbekistan

Biz kimmiz va nima qilamiz

Taʼlim orqali kelajak yetakçilarini tarbiyalovçi notijorat taşkilot.

Video faqat siz “Videoni köriş” tugmasini bosganingizdan keyin YouTube orqali (maxfiylik rejimida) oçiladi.

TFU haqida

Teach For Uzbekistan — taʼlim orqali yetakçilikni rivojlantiruvçi nodavlat notijorat taşkilot. Biz sifatli taʼlim mamlakatning barqaror taraqqiyoti va har bir bola farovonligining poydevori ekaniga işonamiz.

Biz turli sohalardagi yoş mutaxassislarni ikki yil davomida hududlardagi maktablarda dars berişga taklif qilamiz. Bugun Fellowlarimiz Surxondaryo, Qaşqadaryo viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat yuritmoqda. Bu yildan esa Namangan va Farğona viloyatlari uçun ham tanlov oçildi.

Fellowlarimiz nafaqat dars beradi, balki yangi avlodga ijobiy namuna böladi. Ular bolalarga dadil orzu qiliş, imkoniyatlarni köriş, öziga işoniş va öz hamjamiyatining faol aʼzosiga aylanişda yordam beradi. Dastur davomida Fellowlar treninglar, mentor kömagi oladi va Teach For All xalqaro tarmoğining bir qismiga aylanadi.

Maqsadimiz

Özbekistonlik öquvçilarning taʼlim natijalari xalqaro mezonlarga nisbatan past körsatkiçlarni qayd etib kelmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining (OECD) 2022-yilgi PISA xalqaro baholaş dasturi natijalariga köra, Özbekiston barça baholangan fan yönalişlari böyiça 81 ta davlat orasida quyi çorakdan joy olgan.

2021-yilda Özbekiston ilk bor iştirok etgan PIRLS xalqaro tadqiqotida öquvçilarning öqiş savodxonligi böyiça örtaça natijasi 57 ta davlat orasida 49-örinni egallagan.

TIMSS-2023 xalqaro baholaş natijalariga köra esa, Özbekistondan iştirok etgan öquvçilarning heç biri matematika yoki tabiiy fanlar böyiça yuqori darajadagi kompetensiya körsatkiçiga erişmagan.

Mazkur taʼlimdagi tafovutlar, ayniqsa, qişloq va çekka hududlardagi maktablarda yaqqol namoyon bölmoqda. Bunday hududlarda malakali fan öqituvçilarini jalb etiş va ularni işda saqlab qoliş qiyin keçmoqda. Şuningdek, taʼlim jarayonida eskirgan hamda asosan yodlaşga yönaltirilgan öqitiş usullarining qöllanilişi öquvçilarning tanqidiy fikrlaş, mustaqil taʼlim oliş va öz jamoalarida faol iştirok etiş könikmalarini rivojlantiriş imkoniyatlarini çeklamoqda.

Teach For Uzbekistan aynan şu tafovutni qisqartiriş uçun taşkil etilgan: biz fidoyi va qobiliyatli yoş yetakçilarni öqituvçi sifatida tanlab tayyorlaymiz hamda Özbekiston taʼlim tizimini barqaror yaxşilaş uçun zarur dalillarni töplaymiz.

Özbekistonning xalqaro tadqiqotlardagi örni

PISA 2022
Quyi çorak
81 ta davlat, baholangan barça fanlar
PIRLS 2021
57 tadan 49-örin
Öqiş savodxonligi
TIMSS 2023
Yuqori daraja: 0
Matematika va tabiiy fanlar

Asosiy yönalişlarimiz

  • Ta'limni özgartiriş

    Taʼlimni özgartiriş

    Sinfdagi amaliyot, öqituvçilar rivoji va öquvçilar natijalarini yaxşilaş.

  • Hamjamiyat

    Hamjamiyat va ijtimoiy taʼsir

    Mahalliy hamjamiyat vakillarini barqaror, mahallaning özi taşabbus qilgan yeçimlar atrofida birlaştiriş.

  • Siyosatni özgartiruvçi yetakçilik

    Siyosat va jamoatçilik fikrini şakllantirişdagi yetakçilik

    Taʼlim siyosatini uzoq muddatli yaxşilaş uçun dalillarga asoslangan tadqiqotlar olib boriş.

Istiqbolimiz

Har bir bola nafaqat akademik bilimga, balki mustahkam qadriyatlar, hamdardlik va özgaruvçan dunyoda muvaffaqiyat qozoniş könikmalariga ham ega bölgan baxtli, matonatli va umr böyi örganuvçi inson bölib ulğayadigan jamiyat.

Missiya

Taʼlim va imkoniyatlardagi tafovutni qisqartiriş uçun maktablar, hamjamiyatlar va qaror qabul qiluvçilar bilan birga işlaydigan yuksak salohiyatli yetakçilarni tanlaş, tayyorlaş va qöllab-quvvatlaş orqali taʼlim tizimida tub islohotlarga erişiş.

Biz nimaga işonamiz

Biz özgarişni kutmaydigan, balki uni özi yaratadigan yetakçilarni birlaştiramiz. Kelajagini ongli va işonç bilan quradiganlarni. Yangi avlod yetakçilarini ilhomlantiriş va tarbiyalaşga tayyor bölganlarni. Taʼlimda va undan taşqarida haqiqiy özgarişlar yaratişni istaydiganlarni.

Bizning qadriyatlarimiz

  • Matonat

    Matonat

    Qiyinçiliklarni birgalikda yengamiz va boşlagan işimizni oxiriga yetkazamiz.

  • Ösiş

    Ösiş

    Yangiliklarni sinab köramiz, bir-birimizni qöllab-quvvatlaymiz va har kuni ösib boramiz.

  • Inklyuzivlik

    Inklyuzivlik

    Munosabatlarni hurmat, har bir insonning qadri va samimiy aloqa asosida quramiz.

  • Dasrda yetakçilik

    Yetakçilik

    Masʼuliyatni zimmamizga olib harakat qilamiz, şu bilan birga hammaga oçiq va samimiy bölib qolamiz.

Iş tamoyillarimiz

  • Har bir taʼlim taşabbusining milliy standartlar va Vazirlik ustuvorliklariga töliq mosligi
  • Taşkiliy-meʼyoriy asoslar va qarorlar qabul qiliş tartiblariga hurmat
  • Faoliyat hamda taʼlim jarayonlari töğrisidagi hisobotlarda şaffoflik
  • Davlat taʼlim tizimini almaştirmaydigan, balki töldiradigan dastur
  • Birgalikda örganiş va yangi yondaşuvlarni birga işlab çiqişga oçiqlik

2030-yilgaça strategiyamiz

TFU bitiruvçilarining birinçi guruhi 2026-yil iyun oyida dasturni tamomladi — bu dasturning ilk töliq ikki yillik sikli. Biz 2027-yil oxirigaça yana ikki hududga (Farğona va Namangan) kengayişni, 2030-yilga borib esa Özbekistonning har bir hududiga Fellowlar yöllaşni rejalaştirmoqdamiz.

Biz hal qilayotgan muammolar

  • Hududlarda ta'lim

    Hududlardagi taʼlim tafovutini qisqartiriş

    Homiylar va qöllab-quvvatlovçi taşkilotlarning kömagida Özbekiston Respublikasi viloyatlari hududlaridagi umumtaʼlim maktablarini zarur öquv jihozlari bilan taʼminlaymiz hamda ularning moddiy-texnik bazasini yaxşilaymiz.

  • Zamonaviy öquv

    Öquv jarayonini zamonaviylaştiriş

    Sinflarda köpinça yodlaşga urğu beriladi; bu yuqori ball oluvçi öquvçilarga foyda keltirsa-da, boşqalarni ortda qoldiradi. Fellowlarimiz kengroq könikmalarni — tanqidiy fikrlaş, hamkorlik va yetakçilikni — örgatadi va taʼlimni haqiqiy imkoniyatlar bilan boğlaydi.

  • Tögaraklar

    Darsdan taşqari imkoniyatlarni kengaytiriş

    Fellowlarimiz darsdan keyingi maşğulotlar taşkil qiladi; ular öquvçilarga isteʼdodini kaşf etib rivojlantirişga va maqsadlariga intiliş uçun motivatsiya topişga yordam beradi.

Manbalar

  • OECD, PISA 2022 Results (Volume I), 2023
  • IEA, PIRLS 2021 International Results in Reading, 2023
  • IEA, TIMSS 2023 International Results, 2024

Taʼlim orqali yetakçilik qilişga tayyormisiz?

2027–2029-yillar Fellowship dasturiga arizalar qabuli 2027-yil 30-aprelgaça davom etadi.