Missiya, istiqbol va qadriyatlar
Istiqbolimiz
Har bir bola nafaqat akademik bilimga, balki mustahkam qadriyatlar, hamdardlik va oʻzgaruvchan dunyoda muvaffaqiyat qozonish koʻnikmalariga ham ega boʻlgan baxtli, matonatli va umr boʻyi oʻrganuvchi inson boʻlib ulgʻayadigan jamiyat.
Missiya
Taʼlim va imkoniyatlardagi tafovutni qisqartirish uchun maktablar, hamjamiyatlar va qaror qabul qiluvchilar bilan birga ishlaydigan yuksak salohiyatli yetakchilarni tanlash, tayyorlash va qoʻllab-quvvatlash orqali taʼlim tizimida tub islohotlarga erishish.
Biz nimaga ishonamiz
Biz oʻzgarishni kutmaydigan, balki uni oʻzi yaratadigan yetakchilarni birlashtiramiz. Kelajagini ongli va ishonch bilan quradiganlarni. Yangi avlod yetakchilarini ilhomlantirish va tarbiyalashga tayyor boʻlganlarni. Taʼlimda va undan tashqarida haqiqiy oʻzgarishlar yaratishni istaydiganlarni.
Bizning qadriyatlarimiz

Matonat
Qiyinchiliklarni birgalikda yengamiz va boshlagan ishimizni oxiriga yetkazamiz.

Oʻsish
Yangiliklarni sinab koʻramiz, bir-birimizni qoʻllab-quvvatlaymiz va har kuni oʻsib boramiz.

Inklyuzivlik
Munosabatlarni hurmat, har bir insonning qadri va samimiy aloqa asosida quramiz.

Yetakchilik
Masʼuliyatni zimmamizga olib harakat qilamiz, shu bilan birga hammaga ochiq va samimiy boʻlib qolamiz.
Ish tamoyillarimiz
- Har bir taʼlim tashabbusining milliy standartlar va Vazirlik ustuvorliklariga toʻliq mosligi
- Tashkiliy-meʼyoriy asoslar va qarorlar qabul qilish tartiblariga hurmat
- Faoliyat hamda taʼlim jarayonlari toʻgʻrisidagi hisobotlarda shaffoflik
- Davlat taʼlim tizimini almashtirmaydigan, balki toʻldiradigan dastur
- Birgalikda oʻrganish va yangi yondashuvlarni birga ishlab chiqishga ochiqlik
2030-yilgacha strategiyamiz
TFU bitiruvchilarining birinchi guruhi 2026-yil iyun oyida dasturni tamomladi — bu dasturning ilk toʻliq ikki yillik sikli. Biz 2027-yil oxirigacha yana ikki hududga (Fargʻona va Namangan) kengayishni, 2030-yilga borib esa Oʻzbekistonning har bir hududiga Fellowlar yoʻllashni rejalashtirmoqdamiz.