Oʻzbekiston taʼlimidagi muammolar va imkoniyatlar
- PISA 2022
- Oxirgi chorak
- 81 mamlakat, sinovdan oʻtgan barcha fanlar
- PIRLS 2021
- 57 tadan 49-oʻrin
- Oʻqish savodxonligi
- TIMSS 2023
- Yuqori daraja: 0
- Matematika va tabiiy fanlar
Biz hal qilayotgan muammolar
Hududlardagi taʼlim tafovutini qisqartirish
Homiylar va qoʻllab-quvvatlovchi tashkilotlarning koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari hududlaridagi umumtaʼlim maktablarini zarur oʻquv jihozlari bilan taʼminlaymiz hamda ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilaymiz.
Oʻquv jarayonini zamonaviylashtirish
Sinflarda koʻpincha yodlashga urgʻu beriladi; bu yuqori ball oluvchi oʻquvchilarga foyda keltirsa-da, boshqalarni ortda qoldiradi. Fellowlarimiz kengroq koʻnikmalarni — tanqidiy fikrlash, hamkorlik va yetakchilikni — oʻrgatadi va taʼlimni haqiqiy imkoniyatlar bilan bogʻlaydi.
Sinfdan tashqari hayotni kengaytirish
Fellowlarimiz darsdan keyingi mashgʻulotlar tashkil qiladi; ular oʻquvchilarga isteʼdodini kashf etib rivojlantirishga va maqsadlariga intilish uchun motivatsiya topishga yordam beradi.
Manbalar
- OECD, PISA 2022 Results (Volume I), 2023
- IEA, PIRLS 2021 International Results in Reading, 2023
- IEA, TIMSS 2023 International Results, 2024