Yangiliklar
Teach For Uzbekistanning birinçi guruhi ikki yillik dasturni yakunladi
Eʼlon qilingan sana 2026-yil 25-iyun

Teach For Uzbekistanning birinçi guruhi ikki yillik dasturni yakunladi. Şu munosabat bilan dastur iştirokçilari, öquvçilar, maktab direktorlari, davlat va xalqaro taşkilotlar vakillari, hamkorlar hamda taşkilot döstlari iştirokida bitiruv tadbiri bölib ötdi.
Ikki yil avval birinçi guruh iştirokçilari Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi va Kökdala tumanlaridagi maktablarda öz faoliyatini boşlagan edi. Dastur davomida ular maktab jamoalarining bir qismiga aylanib, öquvçilar bilan işlaş, taʼlim jarayonini taşkil etiş va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik qiliş böyiça amaliy tajriba orttirdilar.
Bitiruv tadbirida iştirokçilar ikki yillik faoliyatini sarhisob qilib, öz tajribasi va erişgan natijalari bilan örtoqlaşdi. Ular ilk darslari va dastlabki qiyinçiliklari, öquvçilari bilan birga erişgan natijalari hamda bu tajriba öz kasbiy va yetakçilik salohiyatini qanday rivojlantirgani haqida sözlab berdilar.
Tadbirda uşbu ikki yillik yöl davomida iştirokçilar bilan birga bölgan öquvçilar va maktab rahbarlari, davlat va xalqaro taşkilotlar vakillari hamda dastur hamkorlari ham qatnaşdi.
12 nafar ilk bitiruvçining dasturni yakunlaşi Teach For Uzbekistan tarixidagi muhim bosqiçdir. Ikki yillik dastur nihoyasiga yetgan bölsa-da, ularning taʼlim sohasidagi faoliyati davom etadi. Endilikda ular Teach For Uzbekistan bitiruvçilari hamjamiyatining ilk vakillari sifatida töplagan tajribasi va bilimlarini taʼlim rivojiga yönaltirişda davom etadi.