Teach For Uzbekistan

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Teach For Uzbekistan hamkorlik memorandumini imzoladi

Eʼlon qilingan sana 19-oktabr, 2026

Memorandum of Cooperation

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Teach For Uzbekistan” bilan hamkorlikda “Ta’lim orqali yetakchilik sari!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda rektor Saodat Nasirova boshchiligidagi universitet rahbariyati, “Teach For Uzbekistan” direktori Diyora Mamadaliyeva, tashkilot vakillari hamda universitetning bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.

TFU info-session

Uchrashuvda tashkilot faoliyati, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar va bitiruvchilarning ish bilan bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar haqida so‘z yuritildi. Talabalar “Teach For Uzbekistan” dasturi orqali o‘z bilimlarini maktablarda qo‘llash va yetakchi sifatida rivojlanish imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Imzolangan memorandum TDShU va “Teach For Uzbekistan” o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi. Memorandum doirasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan.

TSUOS and Teach For Uzbekistan


← Barcha yangiliklar