Teach For Uzbekistan

Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti va Teach For Uzbekistan örtasidagi hamkorlik

Eʼlon qilingan sana 2025-yil 28-fevral

WIUT Internship Fair 2025 da stend yonidagi talabalar
Surat: Teach For Uzbekistan

2025-yil 26-fevral kuni Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universitetida (WIUT) Internship Fair-2025 tadbiri bölib ötdi. Mazkur tadbir universitet talabalari va turli sohalardagi nufuzli taşkilotlar örtasida mustahkam aloqa örnatiş, yoş mutaxassislarni amaliyot dasturlariga jalb qiliş hamda ularga kelajakdagi kasbiy yönalişlarini aniq belgilaş imkoniyatini taqdim etdi. Tadbir doirasida talabalar 50 ga yaqin yetakçi kompaniya vakillari bilan muloqot örnatiş imkoniyatiga ega böldilar.

Tadbir doirasida Teach For Uzbekistan taşabbusi bilan 1–4-kurs talabalariga amaliyot (internship) örinlari taklif etildi. Bu esa ularga nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş, öz sohalarida tajriba orttiriş va kelajakdagi kasbiy yönalişlarini aniqlaşda muhim qadam böldi.

Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti va Teach For Uzbekistan örtasidagi bu hamkorlik taʼlim sohasini yanada rivojlantiriş, yoş mutaxassislarni rağbatlantiriş hamda ularga amaliy tajriba orttiriş uçun muhim maydon yaratiş imkonini berdi.

Talabalar turli sohalardagi böş amaliyot örinlari bilan tanişib, öz qiziqişlariga mos variantlarni topiş imkoniyatiga ega böldilar. Iş beruvçilar va talabalar yuzma-yuz suhbat olib borib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir davomida iştirokçilar rezyume yoziş, suhbatdan muvaffaqiyatli ötiş va professional sohada öz örnini topiş böyiça foydali maslahatlar oldilar.

Ulaşiş:TelegramWhatsAppFacebook

← Barça yangiliklar