Yangiliklar
Toşkent farmatsevtika instituti hamda Teach For Uzbekistan hamkorligida “Karyera kuni” bölib ötdi
Eʼlon qilingan sana 2025-yil 05-mart

Bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassislarni tayyorlaş, ularning kasbiy könikmalarini rivojlantiriş hamda iş beruvçilar bilan bevosita aloqalar örnatiş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu maqsadda Toşkent farmatsevtika instituti hamda Teach For Uzbekistan nodavlat taşkiloti hamkorligida “Karyera kuni” tadbiri taşkil etildi.
Tadbir institut bitiruvçilari va talabalari uçun kelajakdagi iş faoliyatini yölga qöyiş, öz mutaxassisligi böyiça amaliy tajriba orttiriş va nufuzli taşkilotlar bilan tanişiş imkoniyatini taqdim etdi.
Tadbirni Toşkent farmatsevtika instituti Amaliyot işlari böyiça prorektori Maksudova Feruza Xurşidovna oçib, yoş mutaxassislarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik köriş jarayoni haqida töxtalib ötdi. U mehnat bozorida öz örnini topiş uçun nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy könikmalar ham muhim ekanligini taʼkidladi. Şuningdek, Feruza Xurşidovna talabalarni muntazam öz ustida işlaşga, kasbiy rivojlanişga va doimiy örganişga çorladi. U “Karyera kuni” tadbiri yoş mutaxassislar va iş beruvçilar örtasida töğridan-töğri muloqotni yölga qöyişda samarali platforma ekanligini qayd etdi.
Tadbir davomida yirik iş beruvçi taşkilotlardan biri – Teach For Uzbekistan nodavlat taşkiloti vakili Rahmanova Sagdiana iştirok etib, taşkilot faoliyati, strategik maqsadlari hamda yoş mutaxassislar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi. U öz çiqişida Teach For Uzbekistan taşkiloti yoş kadrlarni öqitiş va rivojlantirişga qaratilgan innovatsion dasturlari bilan ajralib turişini taʼkidlab, farmatsevtika sohasi vakillari uçun mavjud iş örinlari va professional rivojlaniş imkoniyatlari haqida söz yuritdi. Talabalarga uşbu taşkilot va uning tarmoq tuzilmalari doirasida mehnat faoliyatini olib boriş böyiça qimmatli tavsiyalar ham berildi.
“Karyera kuni” doirasida talabalarga özlari qiziqqan iş beruvçi taşkilotlar bilan bevosita uçraşiş, ularning faoliyati bilan tanişiş va mehnat bozoridagi real talablar haqida maʼlumot oliş imkoniyati yaratildi. Tadbir davomida iştirokçilar işga qabul jarayonlari va intervyu bosqiçlari haqida bilib oldilar. Kasbiy rivojlaniş uçun qanday könikmalarga ega böliş muhimligi yuzasidan maslahatlar oldilar. Amaliyot dasturlari va işga joylaşiş imkoniyatlari haqida töğridan-töğri maʼlumotga ega böldilar.
Talabalar iş beruvçilar bilan oçiq muloqot olib boriş jarayonida özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda iş beruvçilar bilan kelgusida hamkorlik qiliş böyiça dastlabki kelişuvlarga erişdilar.
“Karyera kuni” yoş mutaxassislar uçun nafaqat yangi iş imkoniyatlari, balki öz kasbiy yönalişlarini aniqlaş, bozor talablari bilan tanişiş hamda iş beruvçilar bilan boğlaniş imkoniyatini taqdim etdi. Tadbir natijasida köplab talabalar özlari uçun istiqbolli yönalişlarni aniqlab, mehnat faoliyatini boşlaş uçun muhim tavsiyalar oldilar.
Uşbu kabi tadbirlar yoş mutaxassislarning kasbiy rivojlanişiga xizmat qiladi va ularning öz sohasida muvaffaqiyat qozonişiga turtki beradi. Toşkent farmatsevtika instituti va Teach For Uzbekistan örtasidagi bunday hamkorlik kelajakda ham davom etişi va talabalar uçun yanada köproq imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda.