Nomzodning yo‘li

Nomzodning yo‘li

Nomzodning yo‘li

Saralash

Saralash

Saralash

Biz “o‘qituvchi bo‘lib ishlagisi kelgan”larni yig‘maymiz – biz o‘z xarakteriga, qadriyatlariga ega va qalbi jo‘shqinlikka to‘la insonlarni izlaymiz.

Biz uchun motivatsiya va shaxsiy mas’uliyat, o‘qish va kamol topish istagi, yetakchilik salohiyati va qadriyatlar uyg‘unligi muhim. Saralashni ekspertlar jamoasi o‘tkazadi: har bir bosqich – bu o‘zini namoyon etish va ta’lim orqali yetakchi bo‘lish yo‘li sizga qanchalik mos ekanini anglash imkoniyatidir.

Saralash bosqichlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: onlayn-ariza (o‘zi va o‘z motivatsiyasi haqida insho), onlayn-suhbat (Teach For Uzbekistan jamoasi bilan tanishuv), baholash markazi (guruhli vazifalar, sinov darsi va intervyu o‘tkazish), uslubchi bilan uchrashuv (pedagogik salohiyatni baholash) va yozgi institut – maktabda ikki yillik dars berishga tayyorlov.

Fellow maqomi

Fellow maqomi

Fellow maqomi

Fellow bo‘lish — Teach For Uzbekistan yetakchilar harakati va Teach for All global harakatning bir qismi bo‘lish demakdir. Fellow'ning vazifalari:

Bolalarga ta’lim berish va ruhlantirish

Siz o‘z faningiz bo‘yicha bilim berasiz va bolalarga qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda yordam berasiz, ularning qiziquvchanliklarini rag‘batlantirasiz, o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘ya olishga ruhlantirasiz.

Mahalliy hamjamiyatda o‘zgarishlar qiladi

Maktab va mahalliy muhitni yaxshilovchi loyihalarni yaratasiz va yo‘lga qo‘yasiz – to‘garaklardan tortib ijtimoiy tashabbuslargacha.

Yetakchi sifatida kamol topadi

Siz ustozlar ko‘magiga ega bo‘lasiz, yangicha yondashuvlarni sinab ko‘rasiz va odamlar hamda jarayonlarni boshqarishni o‘rganasiz. Bu tajriba mas’uliyat hamda jamoani boshqara olish ko‘nikmalari muhim bo‘lgan bo‘lajak keng ko‘lamli loyihalar uchun asos bo‘ladi.

Ta’lim va o‘sish

Ta’lim va o‘sish

Ta’lim va o‘sish

Siz Teach For Uzbekistan’ga ma’ruzalar tinglash uchun emas, balki sizni yetakchi sifatida shakllantiruvchi real tajriba uchun kelasiz.

Pedagogik bilimlar chuqurlashuvi

Siz materialni tushunarli yetkazishda, sinf e’tiborini ushlab turish, darslarni jonli, foydali va qiziqarli qilishda yordam beruvchi o‘qitishga zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirasiz.

Real amaliyot orqali yetakchilik ko‘nikmalarining mustahkamlanishi

Maktab – siz jamoani nazorat qilishni, boshqaruv qarorlarini qabul qilishni va o‘z g‘oyalaringizni rivojlantirishni o‘rganadigan mini-sotsium.

Odamlar bilan ishlash mahorati

Siz bolalarni qanday ruhlantirish, kattalar bilan munosabatlarni o‘rnatish, qiyin vaziyatlarda jamoani va o‘zingizni qanday qo‘llab-quvvatlashni amaliyotda o‘rganasiz.

Kelajakda sizga ustunlik beruvchi tajriba

Qatnashchilar ham O‘zbekistonda, ham undan tashqarida yuqori baholanadigan tajribaga ega bo‘ladilar. Teach For All 63 ta mamlakatda faoliyat yuritadi, demak, butun dunyodagi biznes va notijorat tashkilotlari Fellow – bu vazifani, jamoani, jarayonlarni bexavotir ishonib topshirsa bo‘ladigan inson ekanini biladilar.

Qalban yaqin insonlar hamjamiyati

Siz 106 000 nafar Teach For All bitiruvchilaridan iborat global tarmoqning bir qismiga aylanasiz. Bular – siz bilan qadriyatlari yaqin, tayanish mumkin bo‘lgan insonlardir. Birgalikda kamol topish, yangilikni sinab ko‘rish va keng ko‘lamli tashabbuslarni ilgari surish osonroq bo‘ladi.

Qatnashchilarni qanday qo‘llab-quvvatlaymiz

Stipendiya

2 yil davomida dastur qatnashchilari har oylik stipendiya oladilar.

Ustozlik

Har bir Fellow'da shaxsiy muvofiqlashtiruvchi bo‘ladi. U kamol topishda yordam beradi, vijdonan muloqotda bo‘ladi va murakkab vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlaydi.

Uzluksiz ta’lim

Treninglar, mahorat saboqlari, seminarlar, tahlillar va tajriba almashinuvi nafaqat pedagogik, balki asosiy yetakchilik ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Dastur loyihaviy tafakkurni, tizimli tahlilni, o‘z tashabbuslarini yo‘lga qo‘yish va tadqiqotlar bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi. Maktablarda ishlashni boshlashdan oldin qatnashchilar 5 haftalik Yozgi institutni – intensiv tayyorlov bosqichini o‘taydilar, unda qatnashchilar maktabdagi kelgusi faoliyatlari va o‘zgarishlar yetakchilari sifatida kamol topishlari uchun poydevorga ega bo‘ladilar.

Uslubiy va hissiy qo‘llab-quvvatlov

Teach For Uzbekistan qatnashchilarga kasbiy va shaxsiy chaqiriqlarni yengishda yordam beradi. Siz qiyinchiliklar va ikkilanishlar qarshisida yolg‘iz qolmaysiz.

Kelgusi istiqbollar

Kelgusi istiqbollar

Kelgusi istiqbollar

Teach For Uzbekistan — bu turli karyera yo‘nalishlari uchun boshlang‘ich maydondir. Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan keyin sizda tajriba, bilim va kontaktlar tarmog‘i yuzaga keladi, ular siz uchun yangi eshiklarni ochadi.

Quyidagilarga erisha olasiz:

Ta’lim sohasida karyera qilish.

O‘qituvchi, o‘quv dasturlari kuratori, maktab direktori, ta’lim sohasidagi loyihalar menejeri bo‘ling.

Shaxsiy startaplarni, ijtimoiy loyihalarni va tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish

NNTni rivojlantiring, bolalar va hamjamiyatlar uchun loyihalar tuzing, ijtimoiy tadbirkorlik bilan shug‘ullaning.

Boshqa sohalarda muvaffaqiyat qozonish.

Korporatsiyalar, xalqaro tashkilotlar, davlat tuzilmalari va jamg‘armalar Teach For Uzbekistan tajribasini yuqori baholaydilar. Dasturni o‘tashingiz siz odamlarni boshlab bora olishingizni, mas’uliyatni zimmangizga ola bilishingiz va jamoa bilan ishlay olishingizni ko‘rsatadi.

Qo‘llab-quvvatlash dasturdan keyin ham davom etadi.

Siz Teach For Uzbekistan va Teach For All global tarmog‘i bitiruvchilari hamjamiyatining abadiy a’zosiga aylanasiz. Bular – birgalikda nafaqat mamlakatda, balki butun dunyoda kamol topish, loyihalar tuzish va yangi imkoniyatlarni topish mumkin bo‘lgan insonlardir.

Qayta aloqa

"Teach For Uzbekistan"da o‘z yo‘lingizni davom ettirishga tayyormisiz?

Qayta aloqa

Teach For Uzbekistan’da o‘z yo‘lingizni davom ettirishga tayyormisiz?

Почта:

Номер:

Адрес:

info@teachforuzbekistan.org

+998 91 017-90-09

Ташкент, пр. Мустакиллик, дом 7

ННО:

ИНН:

Лицензия:

«Teach For Uzbekistan»

207363013

№1096 (15.02.2024)

Почта:

Номер:

Адрес:

info@teachforuzbekistan.org

+998 91 017-90-09

Ташкент, пр. Мустакиллик, дом 7

ННО:

ИНН:

Лицензия:

«Teach For Uzbekistan»

207363013

№1096 (15.02.2024)

Почта:

Номер:

Адрес:

info@teachforuzbekistan.org

+998 91 017-90-09

Ташкент, пр. Мустакиллик, дом 7

ННО:

ИНН:

Лицензия:

«Teach For Uzbekistan»

207363013

№1096 (15.02.2024)