Asoschidan maktub

Asoschidan maktub

Aziz kelajak yetakchisi,

Men Navoiy shahrida voyaga yetganman — u sanoati va farovonligi bilan tanilgan. Shu bilan birga, har bir jamiyatda bo‘lgani kabi, an’analar va ijtimoiy me’yorlar insonlarning tanlovlari va qarashlariga ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tishi bilan esa shuni angladimki, ba’zida bir insonning sizga bildirgan ishonchi butun hayotingiz yo‘nalishini ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin.

O‘ylab ko‘ring —sizning  hayotingizda shunday inson bo‘lganmi?
O‘zingizdan so‘rang: men shunday inson bo‘lishni xohlaymanmi?

Bolalarga dunyo keng, imkoniyatlarga to‘la ekanini ko‘rsatuvchi, va orzu qilishga jur’at etganingda hech qanday chegaralar yo‘qligini anglatadigan inson.

Bugun O‘zbekistonda olti milliondan ortiq o‘quvchi bor — ular bizning kelajagimiz. Va siz shu kelajakning me’morlaridan biri bo‘lishingiz mumkin.

Teach For Uzbekistan’da biz jamoaviy yetakchilikka ishonamiz —
bu sinfxonalarda boshlanib, jamiyatni o‘zgartiruvchi harakatlarga aylanadigan yetakchilikdir. Iqtidorli, fidoyi va mas’uliyatli yosh mutaxassislar eng olis hududlarda dars berishni tanlaganida, ular shunchaki bilim bermaydi — ular bolalarning tasavvurini uyg‘otadi. Ular bolalarda bilimga bo'lgan mehrni uyg‘otadi, orzu qilishga ruhlantiradi va o‘zlarini O‘zbekistonning kelajakdagi ijodkorlari, yangilik yaratuvchilari hamda yetakchilari sifatida ko‘rishga undaydi.

Fellow sifatida siz ikki yillik professional va shaxsiy o‘sish safariga yo‘l olasiz.
Kuchli tayyorgarlik, murabbiylik va amaliy tajriba orqali siz o‘qituvchilik ko‘nikmalarini, yetakchilik tafakkurini va jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar yarata oladigan inson qarashini rivojlantirasiz. Siz global tarmoq — Teach For All harakatining bir qismi bo‘lasiz. Bu tarmoq butun dunyo bo‘ylab minglab yoshlarni birlashtiradi — ular bitta g‘oyaga ishonadi:

har bir bola sifatli ta’lim va o‘z kelajagini yaratish imkoniga loyiqdir.

Siz mutaxassis sifatida, yetakchi sifatida va inson sifatida o‘sasiz.
Siz haqiqiy hamdardlik, jasorat va xizmat nima ekanini chuqur his qilasiz.
Sizga ishonadigan, sizni qo‘llab-quvvatlaydigan va safaringizning har bir qadami bilan birga bo‘ladigan do‘stlar va murabbiylar topasiz.

Chunki dunyoni o‘zgartirish uzoqdan boshlanmaydi — u bitta sinfda, siz tufayli o‘ziga ishonishni boshlagan bitta boladan boshlanadi.

Umida Yo‘ldosheva,
Teach For Uzbekistan ta'sischisi va rahbari.

Qayta aloqa

Teach For Uzbekistan’da o‘z yo‘lingizni davom ettirishga tayyormisiz?

Qayta aloqa

Teach For Uzbekistan’da o‘z yo‘lingizni davom ettirishga tayyormisiz?

Qayta aloqa

Teach For Uzbekistan’da o‘z yo‘lingizni davom ettirishga tayyormisiz?

Pochta:

Telefon:

Manzil:

info@teachforuzbekistan.org

+998 91 017-90-09

Mustaqillik shohko‘ch., 7-uy

NNT:

STIR:

Litsenziya:

«Teach For Uzbekistan»

207363013

№1096 (15.02.2024)

Pochta:

Telefon:

Manzil:

info@teachforuzbekistan.org

+998 91 017-90-09

Mustaqillik shohko‘ch., 7-uy

NNT:

STIR:

Litsenziya:

«Teach For Uzbekistan»

207363013

№1096 (15.02.2024)

Pochta:

Telefon:

Manzil:

info@teachforuzbekistan.org

+998 91 017-90-09

Mustaqillik shohko‘ch., 7-uy

NNT:

STIR:

Litsenziya:

«Teach For Uzbekistan»

207363013

№1096 (15.02.2024)