Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti va Teach for Uzbekistan o‘rtasidagi hamkorlik

Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti va Teach for Uzbekistan o‘rtasidagi hamkorlik

Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti va Teach for Uzbekistan o‘rtasidagi hamkorlik: Yoshlarning kelajagi uchun yangi imkoniyatlar!

2025-yil 26-fevral kuni Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetida (WIUT) Internship Fair-2025 tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir universitet talabalari va turli sohalardagi nufuzli tashkilotlar o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish, yosh mutaxassislarni amaliyot dasturlariga jalb qilish hamda ularga kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini aniq belgilash imkoniyatini taqdim etdi. Tadbir doirasida talabalar 50 ga yaqin yetakchi kompaniya vakillari bilan muloqot o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar va bu ularning kelajakdagi karyerasini yanada mustahkam ishonch bilan qurish uchun turtki bo‘ldi.

1
 

Tadbir doirasida Teach for Uzbekistan tashabbusi bilan 1-4-kurs talabalariga bo‘sh internship vakansiyalari taqdim etildi. Bu esa ularga nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, o‘z sohalarida tajriba orttirish va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini aniqlashda muhim qadam bo‘ldi. Zero, kelajak kasbini aniqlash va o‘z kasbi orqali jamiyatning muhim bo‘lagiga aylanish dardi ko‘plab talabalar va yoshlarni o‘ylantiradigan mavzulardan biri edi. 

2
 

Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti va Teach for Uzbekistan o‘rtasidagi bu hamkorlik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish hamda ularga amaliy tajriba orttirish uchun muhim maydon yaratish imkonini berdi. Zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish uchun nafaqat nazariy bilim, balki real ish muhitida ishlash ko‘nikmalari ham zarur. Shu sababli, Internship Fair-2025 talabalar uchun o‘z imkoniyatlarini namoyon qilish, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatish va kelajakdagi ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilim va tajribani shakllantirishga xizmat qildi. 

Talabalar turli sohalardagi bo‘sh amaliyot o‘rinlari bilan tanishib, o‘z qiziqishlariga mos variantlarni topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ish beruvchilar va talabalar yuzma-yuz suhbat olib borib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir davomida ishtirokchilar rezyume yozish, suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish va professional sohada o‘z o‘rnini topish bo‘yicha foydali maslahatlar oldilar. Shu sababdan ham bu tadbir barcha ishtirokchi talabalarda iliq hamda ijobiy taassurot qoldirgan bo‘lsa ajab emas.

3
 ­­­

Teach for Uzbekistan loyihasi kelgusida Vestminster va shu kabi qator universitetlar va ta’lim dargohlari bilan birgalikda bu kabi hamkorliklarni tinimsiz amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi, chunki bu turdagi hamkorlik tadbirlari talaba yoshlarning o‘z sohalariga bo‘lgan qizishini orttirmoqda, talabalar va universitet o‘rtasidagi o‘zaro ishonch hamda aloqalarni mustahkalamoqda, talabalarda kelajak hayotiga bo‘lgan intilish va umidlarni oshirib, kelgusida karyera qurish bilan bog‘liq turli xavotirlarni aritmoqda.

4
 

Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti va Teach for Uzbekistan o‘rtasidagi bunday hamkorlik yoshlar uchun bebaho tajriba va kelajakka mustahkam poydevor yaratmoqda. Internship Fair-2025 esa nafaqat amaliyot o‘rinlarini taqdim etish, balki yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlash, ularning iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiladigan muhim platforma bo‘ldi. Bu kabi tashabbuslar O‘zbekiston yoshlari uchun yangi ufqlar ochib, ularning mehnat bozorida muvaffaqiyat qozonishiga mustahkam zamin yaratadi.

Teach For Uzbekistan
Author

Teach For Uzbekistan